Valeriy Karpin: "Shomurodov bazida yarimta imkoniyatdan ikkita gol uradi"

24 noya 2019, 16:20
"Rostov" bosh murabbiyi Valeriy Karpin "Dinamo"ga qarshi mag'lubiyatdan (1:2) so'ng Eldor Shomurodov haqida fikr bildirdi.

- Shomurodov bir nechta o'yindan beri gol urmayapti...

- Bu hamma hujumchilarda bo'lib turadi. Bugun 3 ta imkoniyat bo'ldi, lekin u gol urgani yo'q. Lekin, bazan Shomurodov yarimta imkoniyatdan ikkita gol uradi. Men Eldorga ishonaman.


Eslatib o'tamiz, ayni paytda Shomurodov, Sobolev va Dzyuba 10 ta gol urgan holda RPL to'purarligi uchun kurash olib borishmoqda.


"Rostov" yana mag'lubiyatga uchradi

O'xshash yangiliklar


Manba: fc-rostov.ru