Osiyo Futbol Konfederatsiyasi shu yilning 6-20 sentyabr kunlari Tailand mamlakati mezbonlik qiladigan U-16 o'smirlar o'rtasidagi Osiyo Chempionatida ishlaydigan hakamlar nomini e'lon qildi. Unga ko'ra, o'zbekistonlik FIFA referisi Valentin Kovalenko boshchiligidagi hakamlar brigadasi OCHda ishlaydigan hakamlar qatoridan o'rin oldi. Osiyo Chempionati bahslarida Kovalankoga qanotlarda FIFA laynsmenlari Rafael Ilyosov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi.
Eslatib o'tamiz, 6-20 sentyabr kunlari Tailandda bo'lib o'tadigan U-16 o'smirlar o'rtasidagi Osiyo Chempionati final bosqichida 1998 va undan keyingi yillarda tug'ilgan futbolchilardan iborat O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi ham ishtirok etadi.