Valentin Kovalenko Osiyo Kubogi-2015da ishlaydi

Narzulla Saydullayev
6 yanv 2015
O'zbekistonlik FIFA hakami Valentin Kovalenko ham Avstraliyadagi musobaqada hakamlik qiladi.
Ancha avval Kovalenko Osiyo kubogida ishlashi haqida xabar chiqqandi. Biroq uning yordamchisi Mamur Saidqosimov jarohat olgani tufayli brigadaning Avstraliyaga borishi so'roq ostida edi.

Quvonarlisi Kovalenko jamoasi baribir musobaqada ishlaydigan bo'ldi. Unga qanotlarda Jahongir Saidov va gonkonglik Chou Chun Kit yordam berishadi. Bu haqda sport sharhlovchisi Murod Rizaev saytimizga xabar berdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia