"Valensiya" Pereyrani "Sporting"ga qo'yib yubormoqchi emas
Narzulla Saydullayev
7 dek 2014, 12:32
"Valensiya"ning portugaliyalik himoyachisi Joao Pereyra faoliyatini Lissabonda "Sporting" klubida davom ettirishi mumkin.
Futbolchining o'zi ispan klubida o'zini yaxshi his qilmayapti hamda vataniga qaytmoqchi. Biroq "Valensiya" bu borada shoshilayotgani yo'q. Ispan klubi Pereyraga Turkiyadan moliyaviy jihatdan yaxshiroq taklif tushishini kutmoqda.