"Valensiya" gruziyalik darvozabonni xarid qildi

Alisher
1 yanv 2021
"Valensiya" Tbilisining "Dinamo" klubidan darvozabon Georgiy Mamardashvilini xarid qilganini e'lon qildi.

Manbaning xabariga ko'ra, Mamardashvilining transferi Gruziya klubining g'aznasini 850 ming evroga boyitdi.

Mamardashvili "ko'rshapalaklar" bilan 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Posbon joriy mavsum "Valensiya" tarkibida 6ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 7ta to'p olib chiqdi.


AlisherMuallif
Manba: valenciacf.com