"Valensiya" Godinni o'z safiga chorlamoqda

Sherzod Nurmatov
21 dek 2021
"Kalyari"ning urugvaylik himoyachisi Diego Godin Ispaniya chempionatiga qaytishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Valensiya" Urugvay terma jamoasi himoyachisini xarid qilishga jiddiy bel bog'lagan.

Aytishliricha, "ko'rshapalaklar" bosh murabbiyi Xose Bordalas Chempionlar ligasiga chiqish yo'lida kurash olib borayotgan jamoa himoyasini tajribali o'yinchi bilan kuchaytirmoqchi.

Shuningdek, futbolchiga ilgari o'zi 9 yil o'ynagan "Atletiko" va "Betis" qiziqish bildirmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca