"Valensiya" 400 mln evroga sotilishi mumkin

Sherzod Nurmatov
28 fev 2025
Manbaga ko'ra, "Valensiya" xo'jayini Piter Lim klubni sotuvga qo'ygan.

Ma'lumotlarga ko'ra, Lim yaqinda bo'lib o'tgan suhbatda PSJ prezidenti Nosir Al Helayfiga klub sotilishini aytgan. So'raladigan narx – 400 million evro. 

Qayd etilishicha, kelishuv yaqin orada ro'y bermaydi.

Avvalroq "Valensiya"ni Krishtianu Ronaldu sotib olmoqchi bo'layotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Klub 1919 yilda tashkil topgan. Jamoa Ispaniya chempionatida 6 marta g'olib chiqqan va eng nomdor ispan klublaridan biri maqomiga ega.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: COPE