Valbuenaning agenti “Dinamo” bilan muzokaralarni cho'zyapti

Narzulla Saydullayev
23 iyul 2014, 11:50
“Marsel” yarim himoyachisi Matyo Valbuenaning agenti “Dinamo” bilan shartnoma shartlarini kelisha olmay muzokaralarni cho'zyapti.
"Oq-ko'klar" fracuz futbolchisiga 3 million evrolik maosh bilan 3 yilga shartnoma taklif qilishmoqda.

29 yoshli futbolchining agenti esa qaror qabul qilishga shoshayotgani yo'q, sababi unga boshqa Moskva klubidan taklif bor. Bu “Spartak” yoki “Lokomotiv”.

Yakuniy qaror payshanba kuni malum qilinadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com