Valbuena: "Rossiya chempionatining darajasi meni hayron qoldirdi"

Tolibjon Qosimov
2 sen 2014, 15:14
Moskvaning "Dinamo" klubi yarim himoyachisi Mate Valbuena, Rossiya chempionati uni hayratlantirgani haqida gapirib berdi.
"Rossiya UEFA reytingida Fransiyani ortda qoldirdi? Bundan hayratda emasman. Bu yerda jismonan kuchli jamoalar ko'p. To'rt yildan so'ng bu yurtda jahon chempionati o'tadi va shundan so'ng Rossiya haqida yanada ko'proq gapirishadi.

So'nggi yillar davomida Rossiya chempionati rivojlanib boryapti. To'g'risini aytsam, Fransiyada bu haqida kam bilishadi" - deydi 29 yoshli futbolchi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com