Dordmundning "Borussiya" klubi darvozaboni Roman Vaydenfeller jamoaning sobiq yarim himoyachisi Shinji Kagava yaqaytib kelishini istamoqda, deya xabar bermoqda nemis matbuoti.
"Men har doim Kagava yana "Borussiya"ga qaytishiga ishonib kelganman. To'g'ri, bu voqelik qachon yuz berishini bilmayman. Jamoamizda yana shunday saviyadagi futbolchi bo'lsa juda yaxshi bo'lardi", dedi Vaydenfeller.