Vadim Shodimatov: "Mashal"ni ishonchli g'alaba bilan tabriklayman"

Narzulla Saydullayev
25 apr 2015, 19:48
"Mashal" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan so'ng mehmonlar murabbiyi Vadim Shodimatov matbuot anjumanida qatnashdi.
"Mashal"ni ishonchli g'alaba bilan tabriklayman. Yaxshi jamoa, natija o'yinga yarasha bo'ldi", - deydi Vadim Shodimatov.

- Nima uchun Andrey Baklanov maydonga tushmadi?
- Bugun o'zini ko'rsatishi kerak bo'lgan darvozabonni maydonga tushirgandik. Afsuski bunday bo'lmadi.

- "Olmaliq"qa qarshi o'yindan keyin mag'lubiyat bo'lsa ham Rustam Abdullaev o'yindan qoniqqanini ma'lum qilgandi. Bugungi bahsda jamoaning o'yinidan nechi foiz qoniqdingiz?
- Qanday foizlar? Nimalar deyapsiz, natija salbiy bo'ldi. Juda yomon o'yin.

- Bugungi o'yinda jamoa oldiga qanday vazifa qo'yilgandi?
- Har bir jamoa g'alabaga erishishni istaydi. Biz ham g'alaba uchun o'ynagandik.

- Nima uchun Nodir Qo'ziboev ilk daqiqalardan maydonga tushmadi?
- Bu taktika bilan bog'liq. Rejamizga ko'ra u maydonga tushib o'yinni kuchaytirishi kerak edi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia