Vadim Abramov: "Yamanni hurmat qilamiz va hozir faqat ular haqida o'ylayapmiz"

Eldor Akmurzayev
10 iyun 2021, 20:04
JCH-2022 saralashidan o'rin olgan Yamanga qarshi ertangi o'yin oldidan O'zbekiston MTJ ustozi Vadim Abramov matbuot anjumanida qatnashdi.

Abramov:

- Bizda maqsad o'sha-o'sha. Keyingi bosqichga chiqish uchun har keyingi o'yinga jiddiy tayyorlanamiz.

Biz har bir o'yinimizni yutishimiz kerak. Yamanni hurmat qilamiz. Ular ham bu yerda o'z uyidagidek his qilishadi. Yamanlik muxlislar ko'p. Biz hozir faqat Yaman haqida o'ylayapmiz.

Yamanga qarshi o'yin haqida o'ylashimiz kerak. Masharipovdan yaxshi futbol kutaman. U yaxshi futbolchi va liderlardan biri. Shu yerda ham o'zini ko'rsatishi kerak.

Har jamoa raqibi imkon berganchalik o'ynaydi. Bizga o'z o'yinimizni ko'rsatishga imkon berilsa yaxshi bo'ladi. Jarohatlarimiz bor. Shu sabab ertaga bazi o'zgarishlar qilsak kerak.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати