Vadim Abramov: Turnir bo'yicha rejamizni amalga oshirdik

Narzulla Saydullayev
6 iyul 2019
O'zbekiston Liga Kubogining 3-turidan o'rin olgan AGMK - Bunyodkor (4:3) uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumaning birinchi qismida mehmonlar ustozi Vadim Abramov ishtirok etdi.

- O'ylashimcha, bugungi uchrashuv muxlislarga manzur bo'ldi. Sababi, ettita gol, darvozalar oldida yaratilgan vaziyatlar bellashuvni yanada chiroyli o'tishiga zamin yaratdi.

Biz uchun musobaqa yakunlandi. Turnir bo'yicha rejamizni amalga oshirdik. Zaxiramizni tekshirib olishni maqsad qilgandik, shunday ham bo'ldi.

Davralar oralig'ida tarkibimizda jiddiy o'zgarishlar bo'lmasa kerak. Imkoniyat va vaziyatga qarab ish tutamiz.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com