Vadim Abramov: "Derbi - bu derbi"

Narzulla Saydullayev
27 apr 2015
"Lokomotiv" - "Paxtakor" uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida ikkinchi bo'lib "temiryo'lchilar" bosh murabbiyi Vadim Abramov ishtirok etdi.

"Derbi bu derbi. Ikkala jamoa g'alaba qozonishni istadi, Omad kulib boqdi", - deydi Vadim Abramov. 


- Jamoa ilk bor o'z maydonida "Paxtakor"ni mag'lub etdi. Bu boradagi fikrlaringiz.

- Nimayam derdim ikkinchisini kutamiz (kuladi)


- Raqib himoyachilariga tinchlik bermagan Ruslan Koryanni nima uchun almashtirdingiz?

- Shunchaki uning o'rniga Temurxo'jani tushurib yanada hujumni kuchaytirmoqchi edik. 


- Vaziyatlardan foydalana olmaslik baribir mavjud.

- To'g'ri. Kuchli klublar o'ynaganda shunday bo'lishi tabiiy holat. Bu boshqa kuchli chempionatlarda ham kuzatiladi.


- Islom To'xtaxo'jaev nima uchun maydonga tushmadi.

- Ikki kun oldin u jarohat olgani bois maydonga tushmadi.


- Superkubok va bugungi o'yinning o'xshash jihatlari bormi?

- Raqib safda Iskanderov va Maxaradze o'ynamadi. Shu bois raqib tarkibida ijodkorlik kamroq bo'ldi.


- Damir Koyashevich ancha kuchli futbolchi ekani ko'rinib turibdi. Biroq nima uchun uni faqat zaxiradan tushirayapsiz?

- U asosan hujumga ixtisoslashgan futbolchi. Maydonga tushgach uning qanotidan ko'p hujumlarni o'tkazib yubordik. Hasanov va uni maydonga tushirib qanotlarni kuchaytirishga urindik.


Narzulla Saydullaev


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia