Vadim Abramov: "Chempionatda kurash davom etadi"

Narzulla Saydullayev
3 may 2014
"Paxtakor" - "Lokomotiv" (2:2) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida birinchi bo'lib mehmonlar ustozi Vadim Abramov ishtirok etdi.
"Teng jamoalar o'ynaganida hisobda oldinda o'ynagan jamoa imkon qadar himoyaviy o'ynashga intilishadi. Yigitlar hisob 2:1 bo'lib turgan vaqtda qarshi hujumlar tashkil qilishlari mumkin edi, ammo bunday bo'lmadi va natijada oxirgi daqiqada gol qo'yib yubordik",  - deydi Abramov.

"Paxtakor"ning so'nggi daqiqalarda ko'p gol urishini bilardik. Egor Krimecni bo'sh qoldirish kerak emas edi".

"Hozircha chempionat yaxshi davom etmoqda. 7ta tur ortda qoldi. Hali barchasi oldinda".

"Har qanday holatda ham biz maydonga g'alaba uchun tushamiz. Ayni paytdagi musobaqa jadvali nuqtayi nazaridan "Paxtakor"ga durang ham etarli bo'lardi. Javob bahsida vaziyat qanday bo'lishini ko'ramiz".

"Tarkibimizga yoshlarni ham jalb qilishda davom etayapmiz. Jamoaga yoshlarni qo'shilishi foydali deb bilaman. Buni bosqichma-bosqich amalga oshirib boramiz", - deydi Vadim Abramov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia