

- Raqibni mensimadik deya olmayman, shunchaki, Buxoro kutganimizdek himoyaviy o'yin namoyish qildi, deyarli barcha futbolchilar orqa chiziqda o'ynadi. Biz to'p nazoratini to'liq o'z qo'limizda ushlab turgan bo'lsakda, hech bir o'yinchimiz yetakchilikni o'z qo'liga olishni istamadi. Qolaversa, jamoa yetakchilari ham o'z imkoniyati darajasida to'p surgani yo'q. So'nggi o'yinlarda individual xatolar sababli o'z darvozamizdan to'p olib chiqyapmiz.
Jamoamizda qandaydir spad bo'lyapti. Saralash o'yinlari sababli yuzaga kelgan tanaffusdan keyin futbolchilarimiz o'ziga o'xshamayapti. O'ylaymanki, terma jamoa tufayli bo'ladigan navbatdagi tanaffus bizning foydamizga xizmat qiladi. Balki meni terma jamoaga bosh murabbiy bo'lgani futbolchilarga ruhiy ta’sir qilayotgandir, yana bilmadim. Chunki bugun ham yigitlarda qandaydir ishonch sezmadim, futbolchilar tavakkal qilishni istamadi.



