Vadim Abramov: "Braziliyaga faqat dam olish uchun borganim yo'q"

Narzulla Saydullayev
4 dek 2014, 12:05
O'zbekiston kubogi sohibi "Lokomotiv" klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov "Futbol Ekspress" gazetasiga intervyu berdi.
Quyida ushbu suhbatning eng asosiy qismini taqdim etamiz.

- Braziliyaga borishimning asosiy sabablaridan biri dam olish bilan bog'liq edi. Bundan tashqari ayrim ishlar bilan ham borgandim. Bir necha kun Braziliyada bo'lib qaytdim.

- Tojiev va Abdullaev o'zlarini chetda sinab ko'rishni istashdi. Biz qarshilik qilganimiz yo'q. Jasur Hasanov ham xorijda o'ynashni istasa biz qarshilik qilmaymiz. Hech kimni majburlab o'ynata olmayman.

- Jamoaga legionerlarni ham jalb etamiz. Bir qator yetakchi futbolchilarimiz ikki oy davomida terma jamoa ixtiyorida bo'lishadi. Shu bois legionerlarni ham taklif etmasak bo'lmaydi.

- Braziliyaga faqat dam olish uchun borganim yo'q. U yerda chempionat o'yinlarini ko'rdim. Braziliya futboli qanday ekanini o'z ko'zim bilan ko'rishni maqsad qilgandim. Tanishlarim bilan futbolchilar borasida ham gaplashdim. Tarkibimizga braziliyalik o'yinchilar qo'shiladimi yo'qmi, buni aniq ayta olmayman. Birinchi yig'inimizda ko'p narsa ma'lum bo'ladi.

- Yangi mavsumga tayyorgarlikni 20 dekabrda Toshkentda boshlaymiz. 6-20 yanvar kunlari xorijda yig'in tashkil etamiz. Undan keyingi yig'inlarimiz qayerda va qachon bo'lishi OCHLdagi raqiblarimizga qarab hal qilinadi, - deydi Vadim Abramov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia