Vadim Abramov: "Barcha masala javob bahsida hal bo'ladi"

Narzulla Saydullayev
5 iyul 2015, 10:28
O'zbekiston kubogi chorak finali doirasida "Metallurg" o'z uyida "Lokomotiv"ga 0:1 hisobida yutqazib qo'ydi.
Uchrashuvdan so'ng mehmonlar ustozi Vadim Abramov o'z fikrlarini bildirdi.

"Ushbu o'yinga juda ham jiddiy tayyorlandik. Oldindan kutilganidek og'ir bahs bo'ldi. Omadimiz keldi va gol urdik. Javob o'yinidan oldin hech narsa aniq emas. Bunday issiqda futbol o'ynash qiyin, yaxshiki safarda gol urib to'p o'tkazib yubormadik.

"Metallurg" bilan ketma-ket uch marta o'ynaymiz. Bir jamoa bilan uch bor o'ynash juda qiyin. Aytganimdek barcha masala javob uchrashuvida hal bo'ladi. Sababi bitta gol farqi hech narsani anglatmaydi", - deydi Vadim Abramov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia