Uzoq kutilgan g'alabadan so'ng Slot nimalar dedi?

Khoja
2 noya 2025, 10:53
"Aston Villa"ni mag'lub etgandan so'ng "Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot bahs haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Har bir o'yinda jamoalar o'rtasidagi farq unchalik katta emas - hammasini kichkina detallar hal qilayotgandi. “Aston Villa” beshinchi daqiqada darvoza to'siniga zarba berdi, biz bu safar standarddan gol o'tkazib yubormadik. Bugun biroz omadimiz keldi, bunday holat anchadan beri sodir bo'lmayapgandi. Futbolchilar va muxlislar g'alaba qozonish qanchalik muhimligini his qilishdi. Biz xarakter ko'rsatdik va xohlagan narsamizga erishdik", - dedi Slot.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com