Ussam Auar: “Lion” uchun Totti bo'lishga tayyorman

8 sen 2018, 09:40
“Lion” yarim himoyachisi Ussam Auar butun faoliyatini jamoada o'tkazishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.

20 yoshli fransiyalik futbolchi “Lion” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

“Men “Lion”ning barcha yoshdagi jamoalarida o'ynadim, shuning uchun ham bu klub libosini kiyib yurish imkoniyati bor ekanligidan faxrlanaman. “Lion” uchun Franchesko Totti bo'lish? Albatta, ha! Nima uchun bunday bo'lmasligi kerak?!”,-deydi Auar.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport-Express