Usmonov Futbol sharhi ko'rsatuvi hamda Bunyodkor futbol klubini tanqid ostiga oldi

Narzulla Saydullayev
20 iyul 2013, 18:00
O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Mirabror Usmonov har dushanba kuni Sport telekanalida efirga uzatiladigan Futbol sharhi ko'rsatuvi uchun maxsus intervyu berdi.
O'FF Prezidenti Mirabror Usmonov Futbol sharhi dasturi uchun maxsus intervyu berdi. Takidlash lozim, O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti intervyu chog'ida milliy terma jamoa va uning atrofidagi gaplarga hamda milliy terma jamoa bosh murabbiyi masalasiga o'z munosabatini bildirdi. 


O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Mirabror Usmonov Futbol sharhi dasturiga bergan intervyusi chog'ida milliy terma jamoa va uning atrofidagi gaplarga o'z munosabatini bildirdi.

O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Mirabror Usmonov Futbol sharhi dasturiga bergan intervyusi chog'ida milliy terma jamoa va uning atrofidagi gaplarga o'z munosabatini bildirdi va bosh murabbiy Mirjalol Qosimovni himoya qildi. Mirabror Usmonov turli OAVda O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovni haqorat qilganlarni keskin tanqid ostiga oldi. Shu bilan birga konstruktiv tanqid bo'lsa, O'FF Prezidenti har qanday tanqidni ko'tarishini, uning ustida ishlashga tayyorligiga alohida urg'u berdi.

Takidlash joiz, intervyu chog'ida O'FF Prezidenti Futbol sharhi ko'rsatuvidagi Bunyodkor - Lokomotiv uchrashuvi sharhi va uning muallifini keskin tanqid ostiga oldi. Usmonovga ko'ra, Bunyodkor - Lokomotiv klublari o'rtasidagi o'yinning videosharhi noholislik asosiga qurilgan va kurakda turmaydigan gaplarga to'la. Usmonov hakamlarga etirozni rasmiy murojaatnoma bilan emas, matbuot anjumanidagi ayblov bilan bildirgan Bunyodkor FKni ham tanqid qildi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Mirabror Usmonovning maxsus intervyusi 22 iyul, dushanba kuni soat 20:20da hamda 23 iyul, chorshanba kuni soat 13:30da Sport telekanalining Futbol sharhi dasturida efirga uzatiladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com