Usmon Dembele "Barselona"ning so'nggi taklifini rad etdi

Alisher
27 may 2022, 13:31
Hujumchi Usmon Dembele "Barselona"ning so'nggi taklifini rad etdi va yozda erkin agentga aylanadigan bo'ldi.

Oldinroq, Kataloniya klubi prezidenti forvardga o'ylab olish uchun vaqt bergani aytilgan edi. Biroz mulohazadan so'ng Dembele taklifni rad etishga qaror qildi.

Forvardning PSJga o'tishi mumkinligi aytilgan edi, ammo Parij klubi o'yinchining xizmatlariga ehtiyoj sezmayotgani ma'lum bo'ldi.

Futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 13ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS