

Yanvar oyi yakuniga etdi, Leo esa Fransiya chempionatida atigi bitta gol urishga muvaffaq bo'ldi, buning uchun darvozaga 44 ta zarba yo'lladi.
Shu tariqa, futbolchi tomonidan amalga oshirilgan zarbalarning golga aylanish ulushi taxminan 2% ni tashkil qiladi, bu Yevropaning top-5 ligalaridagi barcha futbolchilar orasida ikkinchi eng yomon ko'rsatkichdir. Faqatgina "Manchester Siti" himoyachisi Joau Kanselu aniqlik borasida undan yomonroq ko'rsatkich qayd etgan, portugaliyalik futbolchiga bitta gol urish uchun 46 ta zarba kerak bo'lgan.



