Urugvay terma jamoasi Xitoyga yetib bordi

Aslanov Jasurbek
18 mar 2019
21-25 mart kunlari Xitoyning Guansi shahrida "China Cup-2019" turniri bo'lib o'tadi.

Ushbu musobaqada Urugvay, O'zbekiston, Tailand va Xitoy terma jamoalari ishtirok etadi. Janubiy amerikaliklar bugun tongda turnir o'tkaziladigan shaharga yetib kelishdi.



Hozirda Urugvay terma jamoasining mahalliy chempionatdagi futbolchilari va milliy jamoa murabbiylar shtabi Xitoyga yetib borgan. Bugun va ertaga jamoaning legionerlari Guansiga uchib kelishadi.

O'zbekiston MTJ "China Cup-2019" musobaqasini Urugvayga qarshi o'yin bilan boshlaydi


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/Uruguay