Urugvay JCHga chiqadigan bo'lsa, Suares "Atletiko"da qolmoqchi

Mirjalol Normatov
30 yanv 2022, 18:50
"Atletiko" hujumchisi Luis Suaresning klubdagi kelajagi so'roq ostida qolmoqda.

"Marca" xabariga ko'ra, u borasidagi yakuniy qaror yozda chiqariladi. Suaresning o'zi esa agarda termasi JCH-2022ga chiqsa, klubi bilan kelishuvini yana bir yilga uzaytirishni istamoqda. "Atletiko" esa uning mavsum yakuniga qadar o'yinlari va jismoniy holatiga e'tibor berishni niyat qilgan.

Ushbu mavsumda 35 yoshli futbolchi LaLiganing 20 o'yinida qatnashib, 7 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca