Bu haqda NDTV Sports xabar bermoqda.
Jonivorning taxminiga ko'ra, musobaqaning guruh bosqichida nemis futbolchilari Portugaliya terma jamoasiga imkoniyatni boy beradi, biroq Gana va AQSH terma jamoalari ustidan g'alaba qozonib, mundial pley-off bosqichiga yo'l oladi.
Xabar berishlaricha, Nellining prognozlariga Germaniya terma jamoasi safida 1974 yilgi jahon chempionatida g'olib chiqqan sobiq darvozabon Zepp Mayer ham qo'shilgan.
Folbin-fil o'z taxminlarini uchrashuv ishtirokchilarining bayroqlari tushirilgan ikki darvoza yordamida amalga oshirmoqda.
Bunda urg'ochi fil oldiga to'p qo'yishyapti va qaysi darvoza ishg'ol etilsa, Nellining fikricha, o'sha jamoa imkoniyatni boy beradi, deb hisoblanilmoqda.
Nelli bungacha 33ta futbol uchrashuvidan 30tasining yakuniy natijasini to'g'ri topgan. Xususan, u 2006 yilgi ayollar o'rtasidagi jahon chempionati, 2010 yili JARda bo'lib o'tgan jahon chempionati va 2012 yilgi Yevropa chempionatidagi Germaniya milliy terma jamoasi o'yinlari natijalarini to'g'ri topgan.