Urganchda o'smirlar musobaqasi

Narzulla Saydullayev
16 apr 2015
Urganch Olimpiya zaxiralari kolleji o'yingohida 2000 yilda tug'ilgan yosh “charm to'p” ustalari o'rtasida Xorazm viloyati birinchiligi bo'lib o'tdi.
Uch kun davom etgan musobaqada “Urganch OZK-1” jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.
  
Ruslan Abdullaev va Mansur Qurbonovlar ustozlik qilayotgan bo'lg'usi olimpiyachilar hal qiluvchi o'yinda “VBO'SM-2” jamoasini mag'lubiyatga uchratishdi. Mazkur uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Penaltidan to'p tepish borasida omad “Urganch OZK-1” jamoasi futbolchilariga kulib boqdi. Ular tepgan to'pning barchasi raqib jamoasi to'ridan joy oldi, 5:4.
                                        
Ikrom XUDOYBERGANOV

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia