UPL. Ukraina chempionati yetakchilari 10-turda mehmonda o'ynashadi

Aslanov Jasurbek
28 sen 2018, 18:36
Bugun, 28 sentyabr kuni "Karpati" hamda "Shaxtyor" o'rtasidagi uchrashuv Ukraina Premer-ligasining 10-tur uchrashuvlarini ochib beradi.

Turnir jadvalida yetakchilik qilayotgan Doneck klubi va Kievning "Dinamo"si bu turda mehmonda o'ynashadi. Ayni damda "Shaxtyor" 24 ochko bilan Ukraina Premer-ligasi jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi.

To'purarlar ro'yxatida ham doneckliklarning vakillari peshqadam. Junior Moraes va Marlos 8ta hamda 5ta gol bilan turnir jadvalida yetakchilik qilishmoqda.


10-tur uchrashuvlari


Ushbu tur bahslariga oid qiziqarli ma'lumotlar

- Kievning "Dinamo"si "Arsenal"ga qarshi so'nggi 10ta uchrashuvning barchasida darvozasini "quruq" saqlab qolgan.

- "Shaxtyor" "Karpati" bilan so'nggi 15ta o'yinlarning barchasida kamida 2ta gol urgan.

- "Olimpik Doneck" va "Aleksandriya" o'rtasidagi uchrashuvlarning so'nggi 11tasida 2tadan ko'p gol urilmagan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia