"Union" "Bavariya" hujumchisini ijaraga oldi

Berlinning "Union" klubi "Bavariya" forvardi Leon Dayaku bilan shartnoma imzoladi.

Leon mavsum oxiriga qadar jamoamiz sharafini ijara asosida himoya qiladi, deya xabar tarqatdi berlinliklar matbuot xizmati.

Ma'lumot uchun, 19 yoshli germaniyalik futbolchi "Shtutgart" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Myunxen klubiga 2019 yilda ko'chib o'tgan. Joriy mavsum "Bavariya" tarkibida bitta uchrashuv o'tkazdi. 


Matluba Mustaeva tayyorladi


Manba: fc-union-berlin.de