Unai Emeri: Neymar mavsum so'ngida maydonga tushadi

14 apr 2018, 09:55
PSJ bosh murabbiyi Unai Emeri jamoa hujumchisi Neymarning tiklanish jarayoni haqida gapirdi.

Neymar mart oyida jarohat olib safdan chiqqan va bu mavsumda parijliklarga boshqa yordam berolmasligi aytilgandi.

“Neymar tez orada maydonga qaytadi. Uning tibbiy tekshiruvlari joyida. Maydonga qaytish imkoniyati paydo bo'lsa, u aniq o'ynashni xohlaydi. Balki, mavsum so'ngida uni maydonga tushirarmiz”, - dedi Emeri.

Ma'lumot uchun, ushbu mavsum Neymar Fransiya chempionatida 19 ta gol urib, 13 ta gollli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal.com