Unai Emeri Yevropa ligasini ketma-ket uch bor yutgan birinchi murabbiy

Narzulla Saydullayev
19 may 2016, 07:31
Yevropa ligasi finalida Sevilya Liverpulni mag'lub etdi (3:1).

Shunday qilib, Unai Emeri bitta evrokubokni ketma-ket uch bor qo'lga kiritgan dunyodagi birinchi murabbiyga aylandi.

Bundan tashqari, murabbiy uch marta Yevropa ligasini yutgan ikkinchi inson bo'ldi.

Oldinroq Jovanni Trapattoni (Yuventus bilan – 1976/77, 1992/93 va Inter bilan – 1990/91) UEFA kubogida g'olib bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com