Unai Emeri bilan bir oyda ikkinchi marta shartnoma uzaytirildi

Aslanov Jasurbek
27 may 2024
"Aston Villa" Unai Emeri bilan yangi bitim tuzdi.

Yangi shartnoma 2029 yilgacha amal qiladi.

"Aston Villa" ispaniyalik mutaxassis qo'l ostida joriy mavsum APLda 4-o'rinni egalladi. Jamoa birinchi marta UEFA Chempionlar ligasida ishtirok etadi. "Villa" avval ham bu tipdagi musobaqada ishtirok etgan, ammo u paytlar (1982/83 mavsum) turnirning nomi Yevropa Chempionlar Kubogi edi.

Klub bir oy ichida ikkinchi marta Emeri bilan yangi bitim tuzdi, avvalgisi 2027 yilgacha amal qilardi.

Ispaniyalik mutaxassis 2022 yilning oktyabrida "Aston Villa" bosh murabbiyi sifatida tanishtirilgan edi. O'shanda jamoa jadvalda 17 o'rinni egallab turgandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: avfc.com