Unai Emeri “Arsenal”ga bosh murabbiy bo'ldimi?

PSJning sobiq bosh murabbiyi Unai Emerining rasmiy sayti unai-emery.comda mutaxassisning “Arsenal” bosh murabbiyi etib tayinlanganini e'lon qilindi.

“Arsenal” oilasi a'zosi bo'lganimdan faxrlanaman", - deyiladi xabarda, shundan so'ng sayt ishlamay qoldi. Avvalroq Emeri londonliklar bilan uch yillik shartnoma imzolashi va ispaniyalik 46 yoshli mutaxassisning yillik maoshi 5 million funt bo'lishi haqida xabar qilingan edi. Emeri oxirgi ikki yilda PSJni boshqardi.


Manba: Championat.com