27 may, seshanba kuni Olmaliq shahridagi OKMK sport majmuasi stadionida bo'lib o'tadigan O'zbekiston va Ummon milliy terma jamoalari o'rtasidagi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvini o'zbekistonlik FIFA referisi Vladislav Seytlin boshqarib boradi. Unga qanotlarda toshkentlik Temur Gaynullin va Toshkent viloyatidan Andrey Sapenko yordam beradi.
29 may, payshanba kuni Toshkentdagi Jar stadionida bo'lib o'tadigan ikkinchi uchrashuvni FIFA referisi Ravshan Ermatov boshqarib boradi. Ushbu o'yinda Ermatov Braziliyada bo'lib o'tadigan 2014 yilgi jahon chempionati bahslarida ishtirok etadigan tarkibi bilan ishtirok etadi – qanotlarda unga o'zbekistonlik Abduhamidullo Rasulov va qirg'izistonlik Bahodir Qo'chqorov yordam beradi.
Eslatib o'tamiz, har ikkala o'yin mahalliy vaqt bilan 19:00da boshlanadi. Uchrashuv chiptalari 7 va 10 ming so'mdan sotuvga chiqariladi. Uchrashuvlarni yoritish istagida bo'lgan OAV xodimlari O'zPFL tomonidan Oliy Liga, O'zbekiston Kubogi va O'zbekiston Birinchiligi o'yinlari uchun berilgan akkreditatsiyalar bilan kirishlari mumkin.
Ma'lumot uchun, O'zbekiston milliy terma jamoasi Ummonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlariga tayyorgarlikni 24 may, shanba kuni boshlaydi. Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Toshkentda boshlanadigan yig'inga 30 nafar futbolchini taklif qilgan.