

Ummon futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoa 8-11 mart kunlari dastlab Muskatda, so'ngra Dubayda yig'in o'tkazishini ma'lum qildi. 11 martdan boshlanadigan Dubay yig'ini 26 martga qadar davom etadi.
BAAdagi yig'in chog'ida Ummon MTJ ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bu o'yinlar Iordaniya (20 mart) va Hindiston (25 mart) terma jamoalari bilan bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, ayni paytda Ummon terma jamoasiga xorvatiyalik mashhur mutaxassis Branko Ivankovich murabbiylik qilmoqda.



