

Oldinroq, O'FF rahbari Umid Ahmadjonov "Real Madrid" klubi rahbariyati bilan uchrashish uchun Ispaniyaga uchib ketgani e'lon qilingan edi. Federatsiya prezidenti 1984-1987 yillarda futbolchi va 1994-1996 yillarda bosh murabbiy sifatida "Qirollik klubi" sharafini himoya qilgan Xorxe Valdano bilan uchrashib, muzokaralar o'tkazdi.
Eslatib o'tamiz, federatsiya matbuot-xizmati O'FF prezidenti Umid Ahmadjonov "Real" - "Deportivo" o'yiniga taklif qiligani haqida xabar bergan edi.




