Umid Ahmadjonov O'zbekiston MTJ bosh murabbiyligiga nomzod mutaxassislar bilan muzokara o'tkazish uchun safarga yo'l olmoqda

Tolibjon Qosimov
15 yanv 2018, 17:17
O'zbekiston futbol federatsiyasi milliy terma jamoaga murabbiy tayinlash borasida say-harakatlarni amalga oshirmoqda.

O'FF prezidenti Umid Ahmadjonov ayni kunlarda xorijlik mutaxassislar bilan shu masalada muzokara olib borish maqsadida xorij safariga yo'l olmoqda.  

Ommaviy axborot vositalarida paydo bo'lgan O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi yaqin 48 soat ichida tanishtirilishi haqidagi ma'lumotlar asossiz ekanligini ma'lum qilamiz.

Bu boradagi aniq ma'lumot faqat O'zbekiston futbol federatsiyasining internetdagi rasmiy saytida e'lon qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com