Umid Ahmadjonov JCH-2022 tashkiliy qo'mita rahbari bilan ko'rishdi

Aziz Tukhtamuradov
28 apr 2018, 00:10
O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Qatar qirollik oilasining taklifiga ko'ra Dohaga jo'nab ketgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Bugun  Qatarning ikki yetakchi klubi - “As-Sadd” hamda “Al-Duhayl” mamlakatning Valiahd Shahzodasi Kubogi finalida maydonga tushdi. Umid Ahmadjonov Qatar qirollik oilasining vakillari bilan hal qiluvchi bellashuvni faxriy mehmonlar lojasida kuzatib bordi.

Shuningdek, Umid Ahmadjonov Dohada Qatar qirolligi oilasi a'zosi, Qatar Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Shayx Juan bin Hamad bin Xalifa at-Taniy bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ikki mamlakat Olimpiya qo'mitalari o'rtasida yaqin aloqalarni o'rnatish, mamlakatda Olimpiya sport turlarini rivojlantirishda o'zaro tajriba almashish, mutaxassislarni jalb qilish borasida kelishib olindi.

Bundan tashqari, Umid Ahmadjonov JCH-2022 tashkiliy qo'mitasi rahbariyati bilan ham ko'rishib, mundialga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, stadionlar rekonstrukciya qilish va yangitdan barpo qilishda qo'llanilayotgan innovacion texnologiya va loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: olympic.uz