Umid Ahmadjonov Facebook'da o'z sahifasini ochdi

Aziz Tukhtamuradov
8 iyun 2018, 18:38
Bugungi kunda ko'pgina siyosiy arboblar, mashhurlar, amaldorlar xalq bilan yaqin bo'lish, ro'y berayotgan voqeliklar bilan yaqindan tanishib borish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda o'z sahifalariga egalar.

Xabar berib o'tganimizdek, kecha Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti va O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonovning virtual qabulxonasi ochilgandi. Bugun esa Facebook'da uning rasmiy sahifasi ishga tushdi.

Milliy olimpiya qo'mitasi rahbari u yerdagi ilk postini yozar ekan, ushbu sahifa sport muxlislari, sport oilasi vakillari uchun o'ziga xos axborot maydoni bo'lishiga umid qilishini ma'lum qildi.

Ushbu HAVOLAGA O'TISH orqali MOQ rahbarining sahifasiga obuna bo'lishingiz mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: olympic.uz