Umarali Rahmonaliev: "APLda o'ynashni xohlardim"

Tolibjon Qosimov
27 noya 2024
Qozonning "Rubin" klubi safida to'p tepayotgan hamyurtimiz Umarali Rahmonaliev o'z kuchini Angliya chempionatida sinab ko'rishni orzu qilishi haqida gapirib o'tdi.

Rahmonaliev O'zbekiston U-20 terma jamoasi bilan Osiyo chempioni bo'lgan. 2023 yilning yanvaridan boshlab "Rubin" safida 27ta o'yinda maydonga tushgan va ikkita golli pas bergan.

"Angliya Premer ligasida o'ynashni xohlardim. Ularda hujum, himoya va fikrlash juda tez. Bu aynan menga yoqadigan narsa. Qolaversa, u yerda mening sevimli jamoam o'ynaydi, shuning uchun ham u yerda to'p tepishni xohlayman. Rossiya Premer ligasini ularning chempionatiga qiyoslash mumkin, ammo buning uchun ko'proq hujumga o'tib, ko'proq nostandart o'ynash kerak", - dedi Rahmonaliev "RIA Novosti"ga bergan intervyusida.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: rsport.ria.ru