Ulug'bek Baqoev: "No comment"

Iskandarov Abdulaziz
18 sen 2022
Coca Cola Superligasining navbatdagi turidan o'rin olgan "Metallurg" - "So'g'diyona" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


"Avvalo o'z futbolchilarimni yaxshi o'yin ko'rsatishgani bilan tabriklayman. Boshqacha izoh bera olmayman",- deydi Ulug'bek Baqoev.

- So'nggi o'yinlardan kelib chiqsak, "So'g'diyona"da charchoq alomati o'z so'zini aytyaptimi?

- O'yinni ko'rdingiz, deb o'ylayman. No comment. 

- Jasur Hasanov bugun maydonga tushmagani sababi nima?

- Unda jarohat bor edi. 

- Nima uchun savollarga izohsiz javob beryapsiz?

- Men o'z yigitlarimni qutlayman. Hammasini kuzatdingiz. Izoh yo'q. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia