Ulug'bek Baqoev: "Hakamlar qarorini muhokama qilishga haqqim yo'q"

Narzulla Saydullayev
1 apr 2021, 21:56
Coca Cola Superliganing 4-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Surxon" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev matbuot anjumanida ishtirok edi.





O'yin haqida

- Bu futbol, unda hamma narsa bo'lishi mumkin. Kimda g'alabaga bo'lgan ishtiyoq kuchli bo'lsa, o'sha jamoa yutadi. Dastlab penaltidan gol o'tkazib yubordik. Hisobni tenglashtirganimizdan so'ng yana darvozamizga penalti belgilandi. Raqib yuzaga kelgan vaziyatdan foydalana olmagandan so'ng yigitlarda g'alabaga bo'lgan ishonch paydo bo'ldi. Bugungi o'yin uchun jamoamiz futbolchilariga minnatdorchilik bildiraman. Futbolda gol urgan yutadi. Muxlislar ham bugungi o'yinni tomosha qilib zavqlanishdi deb o'ylayman, ularni g'alaba bilan tabriklayman.

- Keyingi o'yinda "Bunyodkor" bilan o'ynaysizlar. Shu o'yin haqida nimalarni ayta olasiz?

- Ochig'ini aytsam, bugungi g'alabadan so'ng o'zimga kelib ulgurganim yo'q. "Bunyodkor"ga qarshi o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz.

- Bugungi o'yinda "So'g'diyona" darvozasiga ikki bor penalti belgilandi. Bu xolatga "Turon" bilan bo'lgan o'yindagi hakamlikning ta’siri bor deb o'ylaysizmi?

- Hakamlar qarorini muhokama qilishga haqqim yo'q. Bunga tegishlicha hakamlar qo'mitasi baho beradi. Biz keyingi o'yinga tayyorgarlikni davom ettiramiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia