QPL. "Turon" mehmonda "Ulitau"ga mag'lub bo'ldi, mehmonlar safida uch o'zbekistonlik harakat qildi

Alisher Ostonov
31 may 2025
QPL 11-tur doirasidagi "Ulitau" - "Turon" o'yini bo'lib o'tdi.

22-daqiqada Konstantin Dorofeev gol urib, "Turon"ni hisobda olib chiqdi. Ammo, mezbonlar safida Abzal Taubay (60) va Ramazan Ablayxan (73) to'p kiritib, "Ulitau"ga uch ochko taqdim etishdi.

Mehmonlar safida Behruz Asqarov va Shaxboz Umarov (71 daqiqa o'ynadi) o'yinni asosiy tarkibda, Odil Abdumajidov esa zaxiradan boshladi (71-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shildi va 87-daqiqada sariq kartochka oldi). Xurshid Muxtorov esa bugungi o'yin uchun qaydnomada yo'q edi.


31 may 2025, 16:00
Ulytau — Turan
2 – 1
Tugadi



Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia