Uli Xyoness: "Bernat bizni Chempionlar ligasidan chiqarib yuborishiga bir bahya qolgan"

Aslanov Jasurbek
19 okt 2018, 18:45
"Bavariya" prezidenti Uli Xyoness himoyachi Xuan Bernat yozda nega PSJga sotib yuborilgani haqida aytib berdi.

"Xuddi "Bavariya" Bernatga bog'lanib qolgandek, menga u haqida savol berishdan to'xtamayapsiz.

O'tgan mavsum Chempionlar ligasida "Sevilya"ga qarshi bahsda u o'z qo'llari bilan bizni turnirdan chiqarib yuborishiga bir bahya qolgan. O'shanda uni sotishga qaror qilgandik" - deydi Xyoness.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bulinews.com