Uli Xeness: "Manchestyerda Shvaynshtayger bilan "mol"dek munosabatda bo'lishmoqda"

5 noya 2016, 15:13
"Bavariya" klubining sobiq prezidenti Uli Xeness Bastian Shvaynshtayger bilan bog'liq vaziyat bo'yicha o'z fikrlarini bildirdi.


- Shvaynshtayger bilan Manchestyerda bo'layotgan voqealarni nima deb atashni ham bilmaydi odam. Bastianga jamoa bilan birga shug'ullanish uchun ham ruxsat berishmayapti, jamoaviy suratga tushayotganda ham uni chaqirishmayapti. Umuman aytganda, Shvaynshtayger bilan Manchestyerda qo'pol qilib aytganda, "mol"dek munosabatda bo'lishmoqda.

Shvaynshtayger ajoyib yigit, "Bavariya"da Shvayni ajoyib o'ynagandi. Bastian bilan bunday munosabatda bo'lishayotganini ko'rish alamli.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal