Ule Xyoness: “Levandovski qolishiga 100 foiz aminman”

Eldor Akmurzayev
3 may 2022
“Bavariya” faxriy prezidenti Ule Xyoness myunxenliklar forvardi Robert Levandovskining kelajagiga to'xtaldi.

“Levandovski keyingi mavsum “Bavariya”da o'ynashiga 100 foiz aminman. Hammasi oddiy, uning shartnomasi bor.

U bilan kelishuv uzaytirilishini xohlayman. Buni 50 marta qaytardim, uning qolishini istayman albatta, ammo bu hafta hech narsa o'zgarmadi”, deydi Xyoness.

33 yoshli polshalik joriy mavsum Bundesligada 32 bahsda qatnashib, 34+2 natijaga erishdi. U faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi haqida gap-so'zlar tarqalgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca