Ular JCHga boradilar #1: Hasanboy Do'smatov

Aziz Tukhtamuradov
17 avg 2017, 17:29
25 avgust kuni Germaniyada boks bo'yicha jahon chempionati start oladi

Bugundan boshlab e'tiboringizga Gamburgda bo'lib o'tadigan jahon chempionatida ishtirok etadigan bokschilarimiz haqida kichik maqolalar taqdim etamiz. Ushbu maqolalar orqali sportchilarimizning bo'lajak dunyo birinchiligidagi imkoniyatlari, jang uslubi va bungacha qo'lga kiritgan natijalarini ta'kidlab o'tishga harakat qilamiz.

Demak, ilk maqolamiz superengil vazn toifali (-49kg) bokschimiz Hasanboy Do'smatov haqida bo'ladi.



Hasanboy Do'smatov. Bu nomni bugungi kunda O'zbekistonda juda ko'pchilik taniydi. Katta yoshdagi buvijonlarimizdan tortib, kichik yoshdagi singillarimizgacha Rio Olimpiadasi yulduzini biladilar. 2016 yilda Braziliyada bo'lib o'tgan Olimpiada Hasanboyga misli ko'rilmagan shuhrat olib kelgan. Aynan Do'smatov o'sha Olimpiadada O'zbekiston terma jamoasi hisobiga ilk oltin medalni qo'shib qo'ygandi. Yakunda bokschimiz Olimpiada yakunlariga ko'ra eng yaxshi bokschiga beriladigan Vel Barker sovrinini ham o'ziniki qilib olgan hali yodingizdan chiqmagan bo'lsa kerak?

Ziyovuddin Tayganbaevning shogirdi hisoblanadigan Hasanboy bugun havaskor boksda dunyo miqyosidagi yulduz hisoblanadi.


Sportchimiz haqidagi maqolaning davomini OLAMSPORT.COM saytida o'qishingiz mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: olamsport.com