Ukrainalik futbolchi PSJ bilan kelishuvga erishdi

Alisher Ostonov
15 iyun 2025, 17:57
PSJ "Bornmut"ning ukrainalik himoyachisi Ilya Zabarniy transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Insayder Fabricio Romanoning yozishicha, parijliklar futbolchi bilan shaxsiy shartlar bo'yicha kelishuvga erishgan. Agar Zabarniy francuz klubiga o'tadigan bo'lsa, 5 yillik shartnoma imzolaydi. Qayd etilishicha, PSJ hozircha "Bornmut" bilan transfer summasini kelisha olmayapti. Muzokaralar davom etmoqda.

Ilya Zabarniy 2023 yilda "Bornmut" bilan mehnat shartnomasini imzolagan. Ukrainalik ingliz klubi tarkibida 86 ta o'yin o'tkazib, "gol+pas" tizimida "1+1" ko'rsatkichini qayd etgan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 42 mln evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/fabrizioromano