Ukrainaga 2ta texnik mag'lubiyat yozilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
26 mar 2019, 14:45
Ukraina terma jamoasi FIFA reglamentini buzgani uchun jiddiy jazolanishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Ukraina futbol federatsiyasi braziliyalik Junior Moraesni mahalliylashtirishda qoidalarni buzgan. FIFA reglamentiga ko'ra, futbolchi quyidagi shartlar bo'yicha milliy jamoada o'ynashi mumkin: Agar u o'sha mamlakatda tug'ilgan bo'lsa, agar uning ota-onasi shu mamlakatda dunyoga kelgan bo'lsa va agar u ushbu mamlakatda 5 yil tanaffussiz istiqomat qilgan bo'lsa. Moraes 2017 yil Xitoyga ketishdan avval 4 yil va 8 oy Ukrainada yashagan.

Agar futbol rahbariyati maksimal darajada jazolarni qo'llaydigan bo'lsa, Ukrainaga Evro-2020 saralashidagi Portugaliya va Lyuksemburgga qarshi bahs uchun texnik mag'lubiyat yoziladi. Moraes bu o'yinlarda maydonga tushgan edi. Shunday qilib, 4 ochko to'plagan Ukraina terma jamoasi turnir jadvalida so'nggi o'ringa tushib ketishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Maisfutebol