Ukraina terma jamoasi Evro-2016 dan beri ilk bor ketma-ket 3 ta o'yinda yutqazdi

11 okt 2020, 08:48
Ukraina termasi Millatlar Ligasi doirasida Germaniyaga 1:2 hisobida engildi.

Andrey Shevchenko boshchilik qilayotgan jamoa uchun bu so'nggi 3 ta o'yindagi 3-mag'lubiyat bo'ldi. Avvalroq ukrainlar Millatlar Ligasi doirasida Ispaniyaga 0:4, o'rtoqlik uchrashuvida Fransiyaga 1:7 hisobida yutqazgandi.

Bunday natija so'nggi bor Ukraina termasi bilan Evro-2016 musobaqasida yuz bergandi. Mixail Fomenko boshchilik qilgan o'sha musobaqaning guruh bosqichida ukrainlar 3 ta o'yinda ham yutqazgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Tribuna.com